Xitoylik ishbilarmonlar Samarqandda

11:59 31 May 2018 Iqtisodiyot
1411 0

Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasidan tashrif buyurgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

— Yaqinda bizning ishbilarmonlarimiz ham Shensiga borib, bir qator shartnomalar imzolab qaytishgan edi, — dedi Samarqand viloyati hokimi T. Jo‘rayev. — Buning natijasida Xitoydan ko‘plab zamonaviy texnikalar olib keldik.

Uchrashuvda Shensi provinsiyasining qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot uyushmasi raisi Sang Shi Szin o‘rtadagi aloqalarning samaralari haqida so‘z yuritdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishga kelishib olgan tadbirkorlar ishtirokida Samarqand davlat universitetida “Xitoy tarixi va madaniyati” markazining ochilish marosimi ham bo‘ldi.

Markazga Xitoy hunarmandlari tayyorlagan noyob buyumlar tuhfa qilindi.

Mamadiyor ZIYODINOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?