Xitoylik ishbilarmonlar Navoiyga qariyb 300 mln dollar investitsiya olib kiradi

16:23 22 Fevral 2019 Iqtisodiyot
638 0

Xitoyning Chjenszyan provinsiyasi ishbilarmonlari Navoiy viloyatiga qariyb 300 million AQSH dollariga teng investitsiya jalb etishadi.

Xitoyning Xanchjou shahrida Navoiy viloyati hamda Chjenszyan provinsiyasi oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha biznes forum boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjumanda Xitoyning yuzga yaqin nufuzli kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etishdi. Forumda Navoiy viloyatining investitsiyaviy va turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi.

Shuningdek, biznes forum doirasida xitoylik investorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati salkam 300 million AQSH dollariga teng kelishuvlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlar asosida Navoiy viloyatiga sement, sendvich panel, boʻyoq, lift ishlab chiqarish hamda marmar va granit toshlarini qayta ishlash, kaholang va biryuza toshlariga ishlov berish texnologiyalari keltiriladi.

Bugun viloyat hokimi boshchiligidagi navoiylik ishbilarmonlar Xitoyning Syamin shahrida hududning bir qator yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?