Xitoylik ekspert Oʻzbekistonning pandemiyaga qarshi kurash tajribasini eʼtirof etdi

02:50 01 May 2020 Siyosat
532 0

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Yevroosiyo ijtimoiy rivojlanish instituti mutaxassisi Syuy Tao Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurash va uning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni tahlil qilar ekan, “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda quyidagi asosiy jihatlarni taʼkidlab oʻtdi.

– Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasini tashkil qilishi tufayli aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va bemorlar sogʻligʻini tiklash boʻyicha zarur vazifalarni oʻz vaqtida bajarish imkonini berdi.

Ikkinchidan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yordam beradigan shoshilinch cheklov choralarining oʻz vaqtida qabul qilinganini taʼkidlash lozim. Shahar va hududlar boʻylab harakatlanishning cheklanishi, barcha turdagi yoʻlovchi tashish transporti harakatlanishi hamda turli ommaviy tadbirlar oʻtkazishning toʻxtatilganini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Uchinchidan, koronavirus infeksiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega. Oʻzbekiston pandemiyaning mamlakat va dunyo uchun qanday jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini oʻz vaqtida anglab etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Boisi ushbu hujjatda aniq va samarali choralar, xususan, mumkin boʻlgan iqtisodiy yoʻqotishlar oʻrnini qoplash, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash kabi masalalar koʻzda tutilgan.

Xususan, unda soliq toʻlovlari va kredit qarzlari uchun imtiyozlar berish, koronavirus koʻproq taʼsir koʻrsatgan sohalarga byudjet ssudalarini berish vazifalari qayd etilgani diqqatga sazovordir. Ular orasida turizm, transport, yengil sanoat va boshqa sohalar bor.

Shuni alohida taʼkidlash kerak, Oʻzbekiston rahbariyati aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida karantindagi muassasalar ishchilari, karantindagi fuqarolar va ularga qarashli shaxslar huquqlarini taʼminlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini kamida 10 foizga koʻpaytirish vazifasini qoʻydi.

Umuman olganda, mazkur vazifalarning barchasi epidemiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taʼsirini kamaytirishga yordam beradi. Bu, oʻz navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq barcha qiyinchiliklarni samarali yengishib oʻtish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?