Xitoyga qoʻshni yana bir davlatga koronavirus yetib bordi

21:47 25 Mart 2020 Dunyo
468 0

Foto: ria.ru

Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Myanma mamlakati Xitoy bilan chegaradosh boʻlishiga qaramay shu paytgacha koronavirusdan xoli hudud boʻlib kelayotgan edi.

Ammo 23-mart kuni bu davlatda ham koronavirus bilan kasallangan ikki kishi aniqlandi. Ularning biri yaqinda AQSHdan qaytgan boʻlsa, ikkinchisi Buyuk Britaniyaga borib kelgan.

“Ushbu ikki bemor bilan aloqada boʻlgan odamlarning tarixi boʻyicha tergov davom etmoqda”, deyiladi bayonotda.

Mamlakatdagi sogʻliqni saqlash tizimi juda yomon holatda ekanligi sabab ayrim shifokorlar virus tarqalishidan xavotirda ekanliklarini taʼkidladi.

Oʻtgan hafta Myanma quruqlikdagi chegaralarni yopgan va ommaviy yigʻilishlarni, shu jumladan, yaqinlashib kelayotgan Buddistlar Yangi yilini ham taqiqlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?