Xitoyga achchiq qalampir eksportiga yoʻl ochildi

15:35 20 Avgust 2019 Jamiyat
90 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi oʻrtasida Oʻzbekistondan Xitoyga achchiq qalamir eksport qilish boʻyicha fitosanitariya talablari toʻgʻrisida Bayonnoma imzolandi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoy tomoni talabiga koʻra, achchiq qalampir mahsulotlarini XXRga eksport qilishga tegishli ruxsatnomani olish uchun eksport qiladigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini shakllantirish va Xitoy tomoniga tasdiqlash uchun har yili eksport mavsumi boshlanishidan kamida 2 oy oldin joʻnatish talab qilinadi.

Shu munosabat bilan, ushbu resstrni shakllantirish uchun respublikamizdagi eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tegishli maʼlumotlar oʻz vaqtida Inspeksiyaga taqdim etilishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari Xitoy tomonidan qoʻyilayotgan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?