Xitoydan yana bir davlat "yuz oʻgirdi"

22:28 19 Sentyabr 2020 Dunyo
480 0

Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan “Globe“ va ”Mail” nashriga bergan intervyusida uning mamlakati Xitoy bilan erkin savdo zonasini tashkil etish boʻyicha barcha muzokaralarni toʻxtatganini aytdi.

“Xitoy 2016-yildagi davlatga hozir oʻxshamaydi, aynan shuning uchun Kanada ulardan yuz oʻgirdi. Oʻshanda amalga oshirilgan barcha tashabbuslar va siyosat qayta koʻrib chiqilishi kerak, ularni rivojlantirish uchun sharoit yoʻq”, – deya taʼkidladi Shampan

Kanada va Xitoy 2016-yil sentyabr oyida erkin savdo boʻyicha muzokaralarni boshlagandi.

Vaziyat 2018-yil dekabrida AQSHning iltimosiga binoan Xitoyning texnologik giganti Huawei kompaniyasining bosh moliyaviy xodimi Men Vanchjou hibsga olingandan keyin keskinlashdi.

2019-yil yanvar oyida AQSH Adliya vazirligi Huawei va Men Vanchjouga sanoat josusligi, tijorat sirlarini oʻgʻirlash, odil sudlovga toʻsqinlik qilish va AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini buzishda aybladi. Keyinchalik vaziyat dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari oʻrtasidagi savdo urushiga aylandi.

Xitoy, oʻz navbatida, Kanadaning ikki fuqarosini hibsga oldi va ularga rasmiy ravishda josuslik ayblovini qoʻydi. Kanada hukumati bu qasos olish maqsadida qilinganiga amin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?