Xitoydan evakuatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolarida koronavirus alomatlari aniqlanmadi

21:43 13 Fevral 2020 Jamiyat
982 0

Arxiv surat

Xabaringiz bor, 4-6-fevral kunlari charter reys orqali 548 nafar oʻzbekistonlik Xitoydan Toshkentga olib kelingan edi.

Evakuatsiyadan bir hafta oʻtib, 12-fevral kuni Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev bergan maʼlumotga koʻra, olib kelinganlarning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmagan.

Ayni paytda ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi muassasalarda karantinda boʻlib turibdi. COVID koronavirusining yashirin davri 14 kungacha davom etishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?