Xitoyda Oʻzbekiston fuqarosi narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha sud qilinmoqda

16:00 22 Avgust 2019 Jamiyat
125 0

2019-yilning 19-avgust kuni mamlakatimizning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Hanchjou shahar (Chjeszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari boʻyicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8-yanvar kuni hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi. Unga nisabatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha ayblov qoʻyilgan. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratda ushlab turibdi va Oʻzbekiston fuqarosiga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Chjeszyan provinsiyasining tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti xorijga ketayorgan vatandoshlarimizni oʻzlari borayotgan davlat qonunlariga amal qilishga va ularning qoidalarga rioya qilishga chaqiradi hamda Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Shanxay shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +8621-6307-1896.Xitoyda Oʻzbekiston fuqarosi narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha sud qilinmoqda

2019-yilning 19-avgust kuni mamlakatimizning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Hanchjou shahar (Chjeszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari boʻyicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8-yanvar kuni hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi. Unga nisabatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha ayblov qoʻyilgan. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratda ushlab turibdi va Oʻzbekiston fuqarosiga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Chjeszyan provinsiyasining tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti xorijga ketayorgan vatandoshlarimizni oʻzlari borayotgan davlat qonunlariga amal qilishga va ularning qoidalarga rioya qilishga chaqiradi hamda Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Shanxay shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +8621-6307-1896.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?