Xitoyda oʻtgan bir sutkada koronavirusga chalinish holati aniqlanmadi

21:20 29 May 2020 Dunyo
152 0

Foto: РИА Новости

Xitoyda 28-may kuni koronavirusga chalinish boʻyicha birorta ham holat aniqlanmadi, deya xabar berdi Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi.

27-may kuni Xitoyda 2 kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgandi.

Bu Xitoyda bir hafta ichida ikkinchi marta sutka davomida koronavirusga chalinish boʻyicha birorta holat qayd etilmaganidir, bemorlarning 3 nafari sogʻaydi.

Chin yurtida hozirgacha 82 995 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va ularning 4634 tasi vafot etgan. 78 291 kishi ushbu kasallikdan butunlay sogʻaygan boʻlib, ayni paytda kasalxonalarda 70 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?