Xitoyda Yevroosiyodagi eng qadimiy oʻyin toʻplari topildi

16:57 14 Oktyabr 2020 Dunyo
596 0

Yevroosiyoda barcha davrlarning eng qadimiy oʻyin toʻplari topildi. Topilma taxminan uch ming yillik tarixga ega boʻlib, bungacha zamonaviy toʻpning eng qadimiy prototipi sifatida yunon (2500-yil oldingi) yoki yana boshqa Xitoy (2800-yil oldingi) toʻpi hisoblanib kelinar edi.

Maʼlumki, qadimgi davrlarda toʻpli oʻyinlar juda ommalashgan. Biz biladigan toʻplar, masalan, zigʻirdan tayyorlangan. Ulardan taxminan 4500-yil oldin Misrda foydalanilgan.

Kauchukdan ishlangan koptok esa Markaziy Amerikadagi aholi tomonidan ishlatilgan (3700-yil oldin). Buni oʻyinlar uchun moʻljallangan maxsus tosh maydonchalar hamda oʻyinchilar surati chizilgan rasmli topilmalar tasdiqlaydi.

Ammo Yevroosiyo hududi aniqlangan aynan charm toʻplar fanda oʻziga xos shov-shuvga aylandi.

Shveysariya va Germaniya olimlari xitoylik hamkasblari bilan birgalikda Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida, aniqrogʻi Turfan shahri yaqinidagi qadimiy Yanxay qabristonida diametri taxminan 7 dan 9 santimetrgacha boʻlgan uchta charm toʻp topishdi va maxsus tekshiruvlar orqali topilmalarning 2900 dan 3200 yoshgacha ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.

Taxmin qilinishicha, bunday toʻplar qadimgi odamlar tomonidan pologa oʻxshash oʻyinlarda foydalanilgan. Bunday qarashga esa qabrlar devorlarida tasvirlangan suratlar sabab boʻlmoqda. Ushbu tasvirlarda qadimiy odamlarning otlarda tayoqlarga oʻxshash buyum orqali toʻplarni surayotganligini koʻrish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?