“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘liga e’tibor kuchaymoqda

16:03 27 Iyun 2018 Siyosat
418 0

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘liga e’tibor kuchaymoqda. Qirg‘iziston “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish rejasiga alohida ahamiyat qaratyapti, zero bu mamlakat iqtisodiyoti va investitsiyaviy taraqqiyotiga turtki beradi. Bu haqda ushbu davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov aytib o‘tdi, deb xabar berdi RIA “Novosti”.

Ma’lumot uchun, Xitoy bilan Markaziy Osiyoni bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini barpo etish loyihasi qariyb 20 yildan buyon muhokama etib kelinadi. Bu borada Xitoydan Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston va keyinchalik Turkmanistonga o‘tish kabi yigirmadan ortiq variantlar ko‘rib chiqilgan.

“Uzoq muddatli loyihalar ichida biz Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga alohida ahamiyat qaratamiz. Yaqinda Xitoyga davlat tashrifi bilan bordim. Manfaatdor davlatlar bilan ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Rossiya Federatsiyasi bilan ham ushbu mavzuni muhokama qilyapmiz va pozitsiyani aniqlashtirmoqdamiz”, - deydi Jeenbekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat infratuzilmaviy berk ko‘chadan chiqib, Xitoydan boshlanib Yevroosiyo dengiz portlariga chiquvchi tranzit mamlakatga aylanishi kerak.

Jeenbekov aytishicha, Qirg‘iziston avtomobil va temir yo‘llarini qurish, elektr uzatish va aloqa liniyalarini yaxshilashga muhtoj.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?