Xitoy Pekindagi AQSH elchixonasi yonidagi portlashga munosabat bildirdi

15:40 26 Iyul 2018 Dunyo
144 0
Foto: Twitter © hdjdjsjxw

Unda “Pekindagi AQSH elchixonasi yonidagi portlash jamoat tartibsizligiga aloqador ko‘ngilsiz hodisa”, deyiladi.

Avvalroq, xorijiy OAV tomonidan AQSHning Xitoydagi elchixonasi yonida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar tarqatildi.

RIA Novostining yozishicha, ushbu voqeaga Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuan bayonot bergan.

“AQSH elchixonasi yonidagi portlash jamoat tartibsizligiga aloqador ko‘ngilsiz hodisadir. Internetda portlash haqida xabarlar tarqalishi bilan vaziyatni o‘rgangan Pekin politsiyasi shu xulosaga kelgan”, deyiladi uning bayonotida.

Pekin politsiyasi AQSH elchixonasi joylashgan Chaoyan tumanida jarohatlangan erkakni qo‘lga olgani, uning qo‘lida mushaklar portlab ketgan bo‘lishi mumkinligi, boshqa jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Portlashda AQSH dipmissiya vakillaridan hech biri jabr ko‘rmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?