Xitoy Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

10:16 30 Mart 2020 Jamiyat
345 0

Mudofaa vazirligi

Xitoy mudofaa kompaniyalari Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi. Buhaqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

Xitoyning “Norinko”, “Viyek Tochmash”, “Xaytera”, “Poli Texnoloji” va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari Oʻzbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.

Ular bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar, himoya koʻzoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini oʻlchovchi teplovizorlardan iborat.

Mazkur insonparvarlik yordami 29-mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida Oʻzbekistonga olib kelindi.

Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va Mudofaa vazirligi masʼul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi.

Bu tibbiyot buyumlari 30-mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini taʼminlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?