Xitoy muxolifati vakili koronavirusdan 50 ming kishi vafot etgan, uni yuqtirganlar soni esa milliondan oshadi

15:46 10 Fevral 2020 Dunyo
1115 0

Illyustrativ surat

“War Room” (“Urush xonasi“) shousining navbatdagi soni Xitoy muxolifati vakili Guo Venguy mehmon boʻldi. Bu haqda planetanovosti.com xabar bermoqda.

Guo Venguy Xitoy hukumati bilan kelishmovchilik tufayli 2014-yilda mamlakatni tark etgan va hozirda AQSHda yashaydi. Shunga qaramasdan, milliarder Xitoy, shu jumladan, siyosatchilar bilan aloqalarni saqlab qolgan.

Shouda “Har safar yuqtirganlar sonidan to vafot etganlarning sonigacha birlashtirib foizini hisobga olsak, bir xil koʻrsatkichni olamiz — 2,1 foiz. Vaholanki, bir necha oylar davomida qayta-qayta bir xil son chiqishi tasodif boʻlishi mumkin emas. Shubhasiz, kommunistik hukumat yolgʻon gapirmoqda“, dedi u.

2019-yil 17-dekabrdayoq virus haqida hamma narsa maʼlum edi. Mutaxassislar hukumatga virus xavfliligi toʻgʻrisida yozishni boshlashdi, ammo rasmiylar koʻrsatma berish oʻrniga mutaxassislarni “mish-mish tarqatgani“ uchun hibsga olishga qaror qilishdi. Masalan, doktor Li Venlyanni panjara ortida joʻnatishdi. Uning oila aʼzolari ham hibsga olindi.

6-fevral kuni, Guo Venguyning maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlar soni 50 ming kishini tashkil qilgan. Kasallikka chalinganlar soni millionlab. Xitoyliklarning oʻzlari allaqachon hisobni yoʻqotib qoʻyishgan.

Uxandagi krematoriyalar har kuni 1200 ta jasadni yoqmoqda. Xodimlar kun boʻyi ishlamoqda. Karantin ostida esa 250 million fuqaro bor.

“Ehtimol, nafrati tufayli milliarder hodisalarni juda boʻrttirib yuborayotgan boʻlishi mumkin, ammo baʼzilarida oz boʻlsa-da haqiqat bor“, deyiladi xabarda.

Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi tasdiqlagan maʼlumotga koʻra mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 40,171 kishini tashkil etadi. Mamlakat tashqarisida esa infeksiya bilan bogʻliq 558 holat qayd etilgan. Kasallik tufayli 910 kishi hayotdan koʻz yumgan. Vafot etganlarning 908 nafari Xitoy fuqarolaridir. Shuningdek, Gongkong va Filippinning bir nafardan fuqarosi hayotdan koʻz yumgan.

Hozigacha mazkur kasallik Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Vyetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Ukraina mamlakatlari fuqarolarida aniqlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?