Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari tomon “to‘lib borib, to‘lib qaytadigan” tovar poyezdini qo‘ydi

18:08 04 Iyun 2018 Dunyo
700 0
Foto: avesto.tj

Xitoyning markaziy qismidan Markaziy Osiyoning beshta davlati tomon temir yo‘l bo‘yicha tovaretkazib beruvchi yangi reys yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi CCTV telekanali.

Tovar poyezdi haftada bir marta XXRning Xenan muzofoti Sinsyan shahar okrugi Tapu stansiyasidan safarga chiqadi. Tayyuan, Inchuan, Chjunvey, Uvey va Urumchi shaharlari orqali “Alashankou” nazorat-o‘tkazish punkti(NO‘P)ga yetib keladi hamda Qozog‘iston chegarasiga kiradi. Bu yerdagi “Dostik” NO‘Pdan Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonga boradi.

Mazkur temir yo‘l qatnovi “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining bir qismi hisoblanib, mintaqamizga mexanik qurilmalar, rezina mahsulotlari, yong‘inga chidamli materiallar va boshqa tovarlar olib keladi, turli mahsulotlarni olib ortga qaytadi.

Qayd etilishicha, poyezd 50 vagondan iborat bo‘lib, uning yillik yuk tashish hajmi 150-200 ming tonnani tashkil qiladi. Qatnovlar soni oshishi kutilayapti.

Mutasaddilarning aytishicha, u “to‘lib borib, to‘lib qaytadi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?