Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda goʻsht-sut klasterini tashkil etishga 100 million dollar ajratadi

12:25 25 Iyul 2019 Iqtisodiyot
174 0

Xitoyning DELMOR kompaniyasi Jizzax viloyatida goʻsht-sut klasterini tashkil etish uchun 100 mln. dollar sarmoya kiritadi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida koʻrsatib oʻtildi.

Yangi agrosanoat inshooti yiliga 2,5 tonna goʻsht yetkazib beradi. Bu yerda yirik shoxli chorva soni 10 ming boshga yetadi.

Oʻzbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish doirasida Jizzax organic xorij korxonasi tuzildi.

Klaster 2023-yilga kelib toʻliq quvvat bilan ishlashi rejalashtirilgan. Bu yerda oʻzi ozuqa ishlab chiqaradigan, kushxonasi va biogaz uskunalariga ega zamonaviy chorvachilik majmui yaratiladi.

Xitoy tomoni mingta ish oʻrni yaratish, faqat zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi va ilgʻor agrotexnologiyalar, jumladan, yerlarni lazer yordamida rejalashtirish va nolga teng seyalkalardan foydalanish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.

Bundan tashqari, mazkur kompleksda ilmiy asoslangan toʻrt yillik almashlab ekishdan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarining yem-xashak navlarini yetishtirish ham tashkil qilinadi. Oʻz navbatida yerning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Xitoy kompaniyasi loyihasini amalga oshirish uchun Zomin va Zarbdor tumanlaridan 10,7 ming gektar maydon yer uchastkasi uzoq muddatga ijaraga beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?