Xitoy kompaniyasi Namanganda “aqlli ekoshahar” qurmoqchi

10:18 25 Fevral 2019 Jamiyat
343 0

“Xalq soʻzi Online”/Qudratilla NAJMIDDINOV, Namangan. Namanganda turizmni rivojlantirishda ishtirok etishni koʻzda tutgan Xitoyning “Zhongue Wanda” kompaniyasi viloyat hokimligiga aqlli ekoshahar qurish taklifini taqdim etdi.

Loyihada toʻrt va besh yulduzli mehmonxona majmuasi, unga yondosh ravishda eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladigan sayyohlik inshootlarini oʻz ichiga olgan. Shahar 20 gektar maydonni oʻz ichiga qamrab olishi koʻzda tutilgan. Boʻlajak shaharda qad rostlaydigan mehmonxona majmuasi idoraviy binosining balandligi 20 qavatni tashkil etishi koʻzda tutilgan.

Xorijiy investor Namanganda xalqaro andozadagi sayyohlik imkoniyatlarini yuzaga keltiradigan loyiha ijrosi uchun 70 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish niyatida. Xitoy kompaniyasi rahbari Fenju Jiang bilan viloyat hokimligida tashkil etilgan uchrashuv chogʻida oʻzaro hamkorlikning muhim jihatlari kelishib olindi.

Investorga qurilish ishlari uchun yer maydonlari taklif etildi. Maʼqul joy tanlab olinishi bilan asosiy shartnoma imzolanadi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?