Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi

11:05 26 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
320 0

Xitoyning Hebei Good Hope Logistics Development Co. kompaniyasi Oʻzbekistonda yuk va yoʻlovchi tashiydigan elektromobillar(pikaplar) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil apreldagi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi va “Bir makon, bir yoʻl“ ikkinchi xalqaro forumda ishtirok etishi, shuningdek, muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning strategik xususiyatini mustahkamlagani qayd etilgan. Ushbu kelishuvlarning umumiy qiymati 4,3 trln. dollarga teng. Loyihalar soni esa 54 ta. 

Hebei Good Hope Logistics Development Co. pikaplar ishlab chiqarishdan tashqari, “Angren” EIZ hududida yana qator loyihalarni amalga oshiradi.

Yuqori sifatli arxitektura oynalari(3-12 mm.), keyinchalik 50 foizgacha mahalliylashtirish bilan velosipedlar, elektr texnika mahsulotlari(dvigatellar, nasoslar, elektr tayanchlari uchun qurilish asbob-uskunalari), fotoelektr modullari shular jumlasidandir.

Bu boradagi birinchi loyiha 2021-yanvarda ishga tushiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?