Xitoy Xubeydagi karantinni bekor qildi

07:27 25 Mart 2020 Dunyo
314 0

Foto: AP Photo/Arek Rataj

Xitoy hukumati 25-mart kuni Xubey provinsiyasiga kirish va chiqish boʻyicha cheklovlarni bekor qildi.

Hujjatga koʻra, ushbu qaror mintaqadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanishi ortidan qabul qilindi.

“25-mart soat 00:00dan boshlab Xubey provinsiyasida, Uxan shahri tumani bundan mustasno, yoʻllardagi cheklovlar olib tashlanadi va kirish hamda chiqish uchun transport vositalari harakati tiklanadi. Xubeyni tark etgan odamlar sogʻliqni saqlash kodi asosida harakat qilishi mumkin.

Shuningdek, 8-aprel kuni soat 00:00dan Uxanda tranzit yoʻllar boʻylab harakatlanish cheklovlari olib tashlanadi va shaharga kirish hamda chiqish uchun transport qatnovi tiklanadi”, — deyilgan bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, Uxan va Xubey provinsiyasida karantin 23-yanvardan boshlangandi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?