Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurishdi

17:51 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
109 0

Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligining (JXV) rasmiy vakili, XXRning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi maslahatchisi janob Lyu Tunpinning Toshkent shahar IIBBga tashrifi davomidagi uchrashuvda bugungi kunda xalqaro hamjamiyatni qiynayotgan transmilliy jinoyatchiliklar, diniy ekstremizm, terrorizm, narkobiznes va boshqa turdagi uyushgan transchegaraviy jinoyatchiliklarga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi. Mehmonlarni Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari – Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik Rustam Sayfulov kutib olib, ular bilan suhbat oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida polkovnik R. Sayfulovning qayd etishicha, janob Lyu Tunpinning tashrifi XXR JXV va Toshkent shahar IIBB oʻrtasidagi ishonchli hamkorlikning mustahkamlanishi, shuningdek, joriy yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Toshkent shahar IIBB va Pekin shahar Jamoat xavfsizligi bosh boshqarmasi oʻrtasida imzolangan Hamjihatlik toʻgʻrisidagi memorandum doirasida huquqni muhofaza qilish masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorlikning dalolatidir. Ushbu hamkorlik nafaqat bizning hududda, balki jahon hamjamiyatining barcha davlatlarida tinchlikni, fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashda juda muhim oʻrin tutadi.

Soʻng Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmasida olib borilgan islohotlar, xalq manfaatiga xizmat qilish prinsipi oʻrnatilganligi, xodimlarning xizmat usullari va prinsiplaridagi oʻzgarishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

R. Sayfulov poytaxt IIBB Xitoy JXV Pekin shahar Jamoat xavfsizligini bosh boshqarmasi bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida samarali hamkorlikni rivojdantirish boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etishdi. Xususan, ichki ishlar xodimlarimizning Xitoyda tahsillarini davom etishlari boʻyicha, XXRning yetakchi mutaxassislari ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish kurslari oʻtkazish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishlari haqidagi fikrlar bildirildi.

Shundan soʻng tomonlar hamkorlikda olib borilishi koʻzda tutilgan va Oʻzbekiston poytaxtining aholisi va mehmonlarining xavfsizliklarini va jamoat xavfsizligini oshirishga qaratilgan ishlarni muhokama qilishdi. Bu haqda IIBB xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?