Xitoy fuqarosining sumkasidan 5.000 AQSH dollari va boshqa buyumlarni talon-taroj qilgan yigitlar ushlandi

18:30 08 Avgust 2020 Jamiyat
448 0

Toshkent shahri. 2020-yilning 03-avgust kuni soat 22:40 da, Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 24 yoshli D.Ya. (ayol) boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida toʻxtab turgan vaqtida nafar nomaʼlum shaxslar uning avtomashinasiga oʻtirib, uni har xil soʻzlar bilan chalgʻitib, avtomashinasida boʻlgan ayollar sumkasi, uni ichidagi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, 5.000 AQSH dollari, 2.000.000 soʻm pullari, qoʻl soati va Xitoy banklariga tegishli bank kartalarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringan. bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergovga kirishilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 23 yoshli M.S. va 25 yoshli M.A., lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 3.400 AQSH dollari oʻrnatilgan tartibda olingan.

M.S. va M.A., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?