Xitoy fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish rejimi belgilandi

16:25 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
95 0

Illyustrativ foto

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida Prezident Farmoni (PF–5819-son, 12.09.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?