Xezer Nauert: “Suriyada IShIDning sanoqli kunlari qoldi”

17:27 02 May 2018 Dunyo
600 0
Foto: News Front

ISHIDga qarshi koalitsiya va uning yordamchilari esa Suriyani “Islom davlati” terrorchilik guruhining so‘nggi qoldiqlaridan ozod etish operatsiyasini boshlayapti. 
Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauert o‘zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari, global koalitsiya va mahalliy sheriklar, jumladan, “Suriya demokratik kuchlari” IShIDning Suriyadagi so‘nggi tayanch nuqtalarini yo‘q qilish operatsiyasini boshlamoqda”, — deyiladi xabarda.
Unda AQSH va koalitsiya chegaralarni jangarilardan tozalash uchun Turkiya, Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan bilan birgalikda ishlashi aytib o‘tilgan. 

“Bu jang qiyin bo‘ladi, lekin biz va sheriklarimiz g‘alaba qozonamiz. Agar ular hujum qilishsa, biz AQSH, koalitsiya va sheriklik kuchlarini himoya qilamiz”, — deydi diplomat.
Xezer Nauertning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada ISHIDning sanoqli kunlari qolgan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?