Xelsinkida Putin va Tramp o‘rtasidagi tarixiy sammit bo‘lib o‘tmoqda

19:00 16 Iyul 2018 Dunyo
458 0
Foto: Reuters

Rossiya va AQSH prezidentlarining Xelsinkidagi tarixiy sammiti davom etmoqda. Gazeta.ru xabariga ko‘ra, avvaliga ikki rahbarning tarjimonlar ishtirokidagi teta-tet uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. U ikki soat davom etdi. Muloqotda tomonlar bir-biriga minnatdorlik bildirdi. Muhokamalar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, yaqinda yakuniga yetgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga to‘xtalib o‘tildi.

Tramp mazkur suhbatga “Juda yaxshi boshlanish” deb baho berdi. Shundan so‘ng muzokaralar kengaytirilgan tartibda ishchi uchrashuvi tarzda boshlandi.

Unda davlat rahbarlaridan tashqari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo kabilar ham ishtirok etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?