Xavi: “Barselona”ni boshqarishga tayyorlanyapman...»

22:28 29 Iyun 2020 Dunyo
171 0

Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Barselona” klubini boshqarishga umid qilayotganligini yashirib oʻtirmadi.

“Eng katta orzum - «Barselona” bosh murabbiyiga aylanish. Jonajon klubimga yana muvaffaqiyat qozonish uchun qaytmoqchiman. Katta loyihani noldan boshlash uchun barcha sharoitga ega boʻlishni istardim. Men va murabbiylar shtabim shunga tayyorlanyapmiz. Bu haqda koʻp aytganman, «Barsa»ni boshqarish ulkan sharaf boʻlardi.

“Barselona”ga klubdagi yangi prezidentlik saylovlaridan keyin qaytish – eng qulay fursat boʻlardi. Yanvar oyida ham Kataloniya klubi rahbariyatidan taklif bilan chiqishgandi, biroq oʻshanda Qatardan ketish mavridi emasdi. Umid qilamanki, ular meni hali yana chaqirishadi», - deya Xavining soʻzlarini keltirmoqda Sport.es.

Maʼlumot uchun, Xavi 1998-2015-yillarda “Barselona”da toʻp surib, 767 oʻyinda 85 ta golga mualliflik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?