Xavfsizlik xizmati Telegram orqali ISHID uchun pul yiqqan jinoiy guruhni qoʻlga oldi

02:03 16 Noyabr 2018 Dunyo
1113 0

Foto: republic.ru

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Tomsk oblastida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotining Suriyadagi jangarilari uchun Telegram messenjeridagi yopiq muloqot guruhi(chat) orqali pul yiqqan bir guruh shaxslarni qoʻlga oldi.

“Tomsk oblasti hududida Islom davlati xalqaro terrorchilik tashkiloti uchun pul yiqqan va mazkur tashkilot manfaatlari yoʻlida moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga aloqador boʻlgan bir guruh shaxslar ushlandi” – deyiladi RIA Novosti xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, qoʻlga olinganlar Telegramʻdagi yopiq chatlarga Suriyadagi ISHID jangarilari uchun mablagʻ oʻtkazish maqsadida bank kartalari va toʻlov servislari rekvizitlarini joylashtirib kelgan.

Tergov qoʻmitasi mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Jinoyatchilar qoʻlga olinib, ularga ayblov eʼlon qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?