“Xavfli yuk”, “Ogneopasno” va qoidabuzarlik...

16:07 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
104 0

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfli yuklarni tashish boʻyicha Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan eng koʻp tashiladigan xavfli moddalarga tegishli tartib raqamlari berilgan boʻlib, xavfli yuklar tasnifi boʻyicha 9 ta darajaga taqsimlangan.

Oʻz navbatida, xavfli yuklarni tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslar, masʼul xodimlar, haydovchilar, qolaversa maxsus transport vositalariga ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan aniq talablar qoʻyilgan.

Toshkent viloyat IIBB YHX boshqarmasi xodimlari tomonidan bu boradagi amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari asosida oʻrganishlar oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati

Mazkur reyd davomida 21 nafar haydovchi tomonidan shu mazmundagi qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlandi.

Tadbir davomida, shuningdek, haydovchida xavfli yuk tashish huquqini beruvchi meʼyoriy hujjatning mavjudligi ham oʻrganilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?