Xavfli epidemiyalarning koʻpayishida asosiy aybdor maʼlum qilindi

23:30 13 May 2020 Dunyo
1025 0

arxiv foto

BMTning Atrof-muhit qoʻmitasi vakillari xavfli epidemiyalar sonining koʻpayishida asosiy aybdorni maʼlum qilishdi.

Mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, buning uchun javobgarlik butunlay inson va uning faoliyati boʻynida.

Yangi koronavirus pandemiyasi dunyo aholisi uchun xavf tugʻdiradigan virusli infeksiyalarning yagonasi emas.

Olimlarning fikriga koʻra, barcha yuqumli kasalliklarning kamida 75 foizi odamlar va hayvonlar oʻrtasidagi aloqa natijasida paydo boʻlgan. COVID-19, parranda grippi, Zika va Ebola viruslari shular jumlasidan.

Global iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligidagi tadbirlar esa ushbu epidemiyalarning tarqalishiga faol hissa qoʻshmoqda.

Bundan tashqari, yuqoridagi muammolar bir-biri bilan chambarchas bogʻliqligi sababli ekin maydonlarining koʻpayishi natijasida butun dunyoda oʻrmonlarning faol kesilishi kuzatilmoqda.

Natijada yirtqichlar populyatsiyalarning kamayishi xavfli kasalliklarning asosiy tashuvchisi boʻlgan hasharotlar, kalamushlar va bitlar kabi zararkunandalar sonining koʻpayishi kabi yangi muammoni yuzaga keltirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?