Xaridorga 135 000 000 soʻm qaytarib berildi

12:07 31 Oktyabr 2019 Jamiyat
398 0

Jizzax shahar Olmazor MFY “Navroʻz” koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Yoqubov Nodir 27.09.2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga murojaat qiladi. U oʻz murojaatida Jizzax shahridagi “AS-SERVIS “MCHJga qarashli avtosalondan “LASETTI -JENTRA” rusumli avtomashinasini 135000000 (bir yuz oʻttiz besh million soʻmga) xarid qilganligini, ammo oradan bir oy vaqt oʻtib avtomashinaning lyuk qismida nosozlik sababli salonni ichiga avtomashinani yuvdirishga borganida suv oʻtib oʻrindiqlarida koʻlmak boʻlib qolganligini koʻrsatgan.

Holatni avtosalon maʼmuriyatiga maʼlum qilib, avtomashinasini tuzatib berishlari uchun kaliti bilan topshirib kelganligini, lekin shuncha vaqt oʻtsa hamki, avtomashinasini tuzatilgani toʻgʻrisida avtosalon xodimlarini tomonidan chaqirilmaganligidan eʼtiroz bildirgan. Ushbu murojaat oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatilish uchun yuborilgan edi.

Nodir Yoqubov “AS-SERVIS“ MCHJ ga qarashli avtosalon koʻrsatgan taʼmirlash ishlaridan qoniqmaganligi va avtomashinadagi nosozlik zavod tomonidagi kamchiligi sababli xarid qilgan yangi “LASETTI -JENTRA “ avtomashinasiga toʻlangan summasini qaytarilishini talab qildi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan uning eʼtirozi asosli deb topilib, Nodir Yoqubovga avtosalon tomonidan 135000000 soʻm puli toʻliq qaytarib olib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?