“Xalqlar doʻstligi” yaqinida sodir boʻlgan YTH natijasida 2 kishi halok boʻldi

16:36 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
105 0
Illyustrativ foto

2018 yil 11 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mudhish YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Furqat koʻchasida joylashgan “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yoʻlovchisi N.M. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?