“Xalqlar doʻstligi” va “Paxtakor” metro bekatlari oraligʻida texnik ishlar olib borilmoqda

12:44 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
107 0
Illyustrativ foto

Oʻtgan hafta boshidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishidagi “Xalqlar doʻstligi” va “Paxtakor” bekatlari oraligʻida poyezd harakati sekinlashishi yuzasidan muhokamalar faollashgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida, “Toshkentmetropoliteni” DUK transport xizmati rahbari Sulton Qodirov bilan bogʻlangan.

S.Qodirov bekatlar oraligʻida texnik ishlar amalga oshirilayotgani va harakat belgilangan reglament asosida olib borilayotganini maʼlum qildi. Ushbu jarayon 5 kundan 10 kungacha davom etadi.

Bu borada yoʻlovchilarni hech qanday tashvishlanarli holatlarga tushmaslikka chaqiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?