Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekistonga 375 million dollar ajratishni tasdiqladi

21:34 18 May 2020 Iqtisodiyot
254 0

Arxiv surat

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi direktorlar kengashi joriy yilning 18-may kuni Koronavirus pandemiyasining Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini yumshatish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 375 million AQSH dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablagʻlari ajratilishini tasdiqlagan.
Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorovning Twitter akkauntida xabar qoldirgan.

Mazkur mablagʻlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini toʻldirishga yoʻnaltiriladi. 

“XVJ tomonidan imtiyozli qarz mablagʻlarini ajratishda anʼanaviy ravishda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlar tahlil qilindi”, – deb yozgan J. Qoʻchqorov.

XVJ tomonidan eʼlon qilingan hisobotda koronavirus pandemiyasining respublika iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri natijasida YAIMning oʻsish surʼatlari 1,5 foizgacha pasayishi prognoz qilingan. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat koʻrsatish salohiyati yuqori darajada saqlab qolinayotgani taʼkidlab oʻtilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining global inqiroz va Koronavirus pandemiyasining milliy iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirish boʻyicha olib boriyotgan siyosatlari xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli tashqi qarz jalb qilishda qulay imkoniyatlar bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?