Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Milliy bank bilan 50 mln. dollarlik shartnoma imzoladi

16:45 29 May 2018 Iqtisodiyot
436 0

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga 50 million dollar ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” Milliy bank matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, kelishuv loyihasini amalga oshirish doirasida mamlakatdagi yirik, o‘rta va kichik korxonalar energiya tejaydigan texnologiyalarga investitsiya uchun qo‘shimcha moliyalashtirish va ularning energiya tejash imkoniyatlarini oshirish uchun texnik ko‘mak berishni o‘z ichiga oladi.

“Eskirgan uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish mamlakat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun juda muhimdir. Energiya tejamkorlik uskunalardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirishga, ishlab chiqarishni oshirishga, shuningdek, kamroq energiya iste’moli hisobidan pulni tejashga yordam beradi. Shuningdek, u iqlim o‘zgarishining oqibatlarini kamaytirish imkonini beradi. Jahon banki o‘zbek korxonalarining energiya samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan mamnun”, degan Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori.

Loyihada eskirgan uskunalarni jiddiy modernizatsiya qilish, shuningdek, mamlakat sanoat korxonalari tomonidan energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash ko‘zda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?