“Xalqaro qishloq ayollari kuni” endi Oʻzbekistonda ham nishonlanadi

09:34 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
125 0

Toshkent Davlat agrar universitetida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “Qishloq ayoliga ehtirom” mavzusida tantanali tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda yurtimizning turli hududlaridan oʻn uch nafar faol qishloq ayollari taqdirlandi. Bir guruh sanʼatkorlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari, yosh ijodkorlar kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar guldastasini taqdim etib, barcha ayollarni bayram bilan tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, 1995-yili Pekin shahrida boʻlib oʻtgan BMTning IV Ayollar konferensiyasida 15-oktyabr sanasi “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida belgilangan. Bu yildan boshlab ushbu bayram Oʻzbekistonda ham keng nishonlanadi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanova ishtirok etdi.

Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?