“Xalqaro press klub” eng yaxshi tok-shou deb topildi

10:25 05 Dekabr 2019 Madaniyat
676 0

“Oltin kabutar” mukofoti tanlovida “Xalqaro press klub” koʻrsatuvi “Eng yaxshi tok-shou” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Mukofotni koʻrsatuv bosh prodyuseri Gʻulomjon Samadov qabul qilib oldi.

Yil davomida Xalqaro press klub sessiyalari, sayyor muloqotlari, press kofe va tet a tet formatlari “Oʻzbekiston24“ telekanali, “Oʻzbekiston” telekanali, “Oʻzbekiston24“ radiokanali, “Yoshlar” telekanali, “Yoshlar” radiokanali, “MY5“ telekanalida efirga uzatildi.

Xalqaro, Ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy masalalar, qator muammolar Xalqaro press klub muloqotlari maydonida tahlil qilindi.

2019-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Orolning qurigan tubidan jonli efir boʻldi va unda Xalqaro press klub jonli efirga chiqdi.

Umuman koʻrsatuv yil davomida 400 dan ortiq jonli efirda chiqish qildi.

Shuningdek, yozda Oʻzbekistonning barcha Universitet va institutlarida sayyor muloqotlar asosida jonli efir tashkil qilindi.

Hozir esa haftada uch kun 2 soat davomida MSK Xalqaro matbuot markazidan press kofe formatida saylov kampaniyasi targʻiboti maqsadida jonli efirga chiqib kelinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?