Xalqaro Osiyo kinofestivalida oʻzbek filmlari birinchi marta sovrinlarga sazovor boʻlishdi

12:02 02 Dekabr 2019 Jamiyat
389 0

Yosh oʻzbek kinoijodkorlari birinchi marta DigiCon6 Asia Awards 2019 festivalining sovrinlariga ega boʻlishga muvaffaq boʻlishdi.

Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” filmi Gongkongda boʻlib oʻtgan DigiCon6 Asia Awards 2019 nufuzli xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining “Next Generation” nominatsiyasida gʻolib deb topildi va unga sovrin bilan birga pul mukofoti ham berildi. Mahliyoning filmi yoshi 25 gacha boʻlgan osiyolik rejissyorlarning ishlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.

Shokir Xoliqovning “Choy” filmi esa festivalning ikki nominatsiyasida sovrin olishga erishdi. Ushbu asar Osiyo mintaqasining aʼzo mamlakatlari orasida “Mintaqa oltin gʻolibi” sovrini bilan taqdirlandi va nufuzli festivalning Gran-Pri sovrinidan keyingi oʻrinda turadigan sovrinni ham oldi.

DigiCon6 Asia Awards 2019 festivalida birinchi marta qatnashgan yosh oʻzbek kino ustalarining filmlari tomoshabinlar va hakamlarni mahliyo qilishga erishdi.

DigiCon6 Asia Awards 2019 xalqaro qisqa metrajli filmlar kinofestivali Yaponiya media giganti TBS tomonidan tashkil qilinadi.

“Oʻzbekkino” bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Yosh kinoijodkorlarimiz gʻalabaga erishganliklari aynan mamlakatimiz prezidentining Yaponiyaga qiladigan davlat tashrifi oldidan sodir boʻlgani maʼjoziy maʼnoga ega boʻldi. Bundan bir muddat oldin Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Kann kinofestivalida mukofot olishga musharraf boʻlgan edi. Endi esa film Gonkongda ham yuksak gʻalabaga erishdi. Ushbu film Yaponiyaning markaziy telekanalida namoyish qilinishini mamnunlik bilan aytishim lozim. Bu esa yaponiyaliklarning Oʻzbekiston haqida bilim va maʼlumotlarining rivojiga muhim hissa boʻladi” deya taʼkidladi.

Ushbu kinofestivalda Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan orollari Tailand va Oʻzbekistonlik yosh iqtidorli kinoijodkorlari birlashtirilganini alohida eʼtirof etish lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?