Xalqaro migratsiya tashkiloti ishsiz qolgan migrantlar uchun BMTdan 7 million dollar soʻradi

11:35 16 May 2020 Jamiyat
137 0

Koronavirus pandemiyasi jahon inqirozi katalizatoriga aylandi. Oqibatda qator mintaqalar qatori Rossiya va Markaziy Osiyo hududida ham holat murakkablashdi. BMT saytida eʼlon qilingan Xalqaro migratsiya tashkiloti bayonotida shu haqda alohida to'xtalib o'tilgan.

Koronavirus va koʻrilgan karantin choralari tufayli migrantlar daromadsiz qolmoqda va oʻz oilalarini taʼminlay olmayapti. Shu bilan bir vaqtda migrantlarning bir qismi Rossiyadan vataniga qayta olmagan.

XMT ushbu holatni “jiddiy inqiroz“, deb atagan va bu migrantlar orasida jinoyatchilik darajasini oshirishi mumkinligini yoki ularning biznesning nolegal turlariga oʻtib ketishlari xavfini oshirishini taʼkidlab oʻtgan, deb yozadi Sputnik.

XMT vakillari Tojikiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ekspertlari bilan ushbu holatni tartibga solish choralari haqida muhokama oʻtkazdilar. Muzokaralar yakuni boʻyicha XMT BMTdan migrantlarga yordam uchun 7 million dollar soʻradi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti izohiga koʻra, soʻralgan va hali olinmagan 7 million dollar hukumatlar va ishsiz qolgan migrantlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadlarida sarflanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?