Xalqaro kinofestival sabab Toshkentdagi bir qator koʻchalar vaqtincha yopiladi

11:53 27 Noyabr 2018 Jamiyat
534 0

27 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida “PROlogue-2018” Xalqaro kinofestivali oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator koʻchalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, tadbir munosabati bilan teatr atrofidagi quyidagi koʻchalar transport vositalari harakati uchun soat 17.00 dan 20.00 gacha vaqtinchalik berk boʻladi:

Islom Karimov koʻchasi – Sharof Rashidov koʻchasidan Taras Shevchenko koʻchasigacha;

Buyuk Turon koʻchasi – Matbuotchilar koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha;

Zarafshon koʻchasi – Matbuotchilar koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha;

Buxoro koʻchasi – Zarafshon koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz“, deyiladi IIBB axborotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?