Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O’zbekistonga 100 million AQSh dollari beradi

16:10 12 Mart 2018 Iqtisodiyot
480 0

Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasida O’zbekiston bilan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o’rtasida o’zaro kelishuv imzolandi. 
Kelishuv doirasida mazkur korporatsiya mamlakatimiz kompaniyalariga eksport oldi va boshqa eksport amaliyotlari, asosiy xom ashyo va boshqa tovarlar importini moliyalashtirish uchun ikki yillik muddatga 100 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi.
Eslatib o’tamiz, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi Islom taraqqiyot banki guruhining nufuzli bo’linmalaridan biri hisoblanadi. U islom dunyosidagi insonlarning iqtisodiy ahvoli va yashash muhitini yaxshilash uchun savdoni ilgari surish maqsadida tuzilgan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?