Xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

18:50 22 Aprel 2019 Jamiyat
151 0

Turkiya Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochev rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Istanbul universitetining Ilohiyot fakultetida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ishtirok etdi, universitet faoliyati, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi doirasida yurtimiz institut va muzeylari fondida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq qilish va ularni saqlash borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun Turkiya qoʻlyozma asarlari tashkilotida ham boʻldi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi bilan sohada tajriba almashishlar, qoʻlyozma asarlarni saqlash va tiklash sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Respublikamiz delegatsiyasining oʻzaro manfaatli va foydali bitimlarga boy boʻlgan Turkiya safari davom etmoqda.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?