Xalqaro innovatsion onlayn forum oʻtkaziladi

10:28 18 Aprel 2020 Jamiyat
128 0

Vazirlik

Innovatsion rivojlanish vazirligi taklifiga binoan innovatsiya boʻyicha xalqaro ekspert Pol Sloan (Paul Sloane) bilan internet tarmogʻi orqali onlayn video konferensiya tashkil etildi.

Pol Sloan informatsion texnologiyalar sohalaridagi Mathsoft, IBM va boshqa yirik kompaniyalarda asosan marketing, savdo yoʻnalishlarida faoliyat yuritgan yetuk mutaxassis va ekspertlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Shu bilan bir qatorda u mashhur notiq boʻlib, Kembrij kabi koʻplab nufuzli oliygohlarda lektor hamda 20 dan ortiq innovatsiya, innovatsion tadbirkorlik va boshqaruv kabi yoʻnalishlardagi kitoblar muallifi hamdir.

Onlayn uchrashuvda vazir oʻrinbosari Azimjon Nazarov Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati va respublikamizda innovatsion ekotizimni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yuzasidan maʼlumotlar berdi. Buyuk Britaniyalik olim oʻz navbatida respublikamizda innovatsion faoliyat boʻyicha olib borilayotgan islohotlar maqtovga sazovorligini eʼtirof etdi.

Onlayn uchrashuvda xorijlik ekspert tomonidan mamlakatda innovatsiya, innovatsion tadbirkorlik va boshqaruv yoʻnalishlariga alohida ahamiyat qaratish lozimligi bugungi va ertangi kunning asosiy vazifalari ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, ilmiy startap loyihalarini hususan, genetika, biomuhandislik kabi sohalardagi ilmiy startaplarni moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash muhimligi aytildi.

Uchrashuv davomida hozirgi globallashuv davrida dunyo hamjamiyatida innovatsiyalarning oʻrni va ularni ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha ham oʻzaro fikr almashinildi.

– Innovatsiyalarni davlat boshqaruvi va xususiy sektorda joriy etish bir biridan farq etadi va bir biridan farq qiluvchi yondashuvlarni talab etadi, — dedi Pol Sloan. — Har qanday mamlakatda innovatsiyalarning hayotga muvaffaqiyatli joriy etilishining asosiy vositalari bu rahbar kadrlarning yuqori boshqaruv mahoratiga ega boʻlishlari va qoʻl ostidagi innovatorlar bilan oʻzaro yaqin muloqot hamda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali yuzaga keladigan asosiy toʻsiqlarni bartaraf etishlaridir.

Uchrashuv davomida Pol Sloan bilan 2020-yil Xalqaro inovatsiyalar koʻrgazmasi doirasida dunyoning yetakchi innovatorlarining Oʻzbekistondagi uchrashuvini tashkil etish va ular bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning virtual platformasini yaratish imkoniyatlari muhokama etildi. Pol Sloan koʻmagida innovatsion faoliyatdagi xalqaro ekspertlari va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tez fursatlarda onlayn Forum oʻtkazish kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?