Xalqaro festivalda “Bogʻi Bobur” va“ Sharq marvaridi” liboslar kolleksiyasi namoyish etildi

12:49 12 Sentyabr 2019 Welcome to uzbekistan
144 0

Qoʻqon xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida xorijiy va Oʻzbekistonlik dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar boʻyicha modalar namoyishi boʻlib oʻtdi.

Unda Hindistonlik dizayner Asif Sheyx yaratgan “Bogʻi Bobur” liboslar kolleksiyasi, Qozogʻistonlik Aydarxon Kaliyev yaratgan oq harir liboslar toʻplami, Malayziyalik Edvin On soch turmaklari, Xamda Oʻzbekistonlik Xushnazarova Madina, Tursunxoʻjayeva Mohichehra, Marupova Maftuna, Mahfuzaxon Soliyeva, Tohirova Muzifa yaratgan “Banoras” bolalar liboslari, Mohina Omonova yaratgan Beqasam toʻplami, Toshkentlik Ozoda Isoqova yaratgan “Sharq marvaridi” kolleksiyalari va zamonaviy liboslar toʻplamlari hamma tashrif buyurgan mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Xursandbek ARABBOYEV olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?