Xalqaro festivalda 299 nafar nufuzli mehmon ishtirok etadi

13:59 22 Avgust 2019 Jamiyat
94 0

Xalqaro hunarmandchilik festivali Matbuot markazida bugun navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda respublika va mahalliy jurnalistlar, blogerlar va tadbir tashkilotchilari, ishchi guruhi aʼzolari ishtirok etdi.

Avvalo, Respublika “Hunarmand“ uyushmasi raisi U.Abdullayev hamda Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov festivalga soʻngi bosqichdagi tayyorgarlik jarayonlari haqida jurnalistlarga batafsil maʼlumot berdi.

Taʼkidlandiki,bugun ilk bosqich, yaʼni veb-sayt orqalifestivalishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtish jarayonlari oʻz yakuniga yetkazildi. Festivalda 70 mamlakatdan 29 yoʻnalish boʻyicha 199 nafar hunarmand,30 nafar soha olimlari va professorlar,12 davlatdan (Yaponiya, Indoneziya, Gretsiya va hokazo) 20 dan ortiq OAV ishtirok etadi.

Savol –javoblar tarzida oʻtgan anjumanda avvalo yuqori martabali mehmonlarni kutib olish, logistika, gitlar va tarjimonlar xizmati, xavfsizlik, festival davomida bozorlar, banklar, mehmonxonalar faoliyatiga qaratildi.

Festival dasturiga koʻra, xorijiy mehmonlar va ishtirokchilar 12 madaniy meros obyektlari, 20 dan ortiq Qoʻqon milliy hunarmandchiligi namoyondalari –ustalarning ustaxonalari, madaniy maʼrifiy dam olish maskanlari va bozorlarga tashrif buyurishi kutilmoqda. Festival kunlari asosiy maydon - Oʻrda hududining oʻzida 40 ta visaCard bankomatlari,oshxonalar, aholiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar tunu kun ishlab turadi.

Festivalda ishtirok etish uchun Respublikamizning 153 tumanidan hunarmandchilikning 29 yoʻnalishi boʻyicha 1 ming 116 nafar hunarmandlar ishtirok etadi.

Xalqaro festivalga byudjetdan 185,6 mlrd. soʻm sarf etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, shu kunga qadar 155 mlrd. soʻm mablagʻlar sarf etilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Shu kunga qadar xalqaro hunarmandlar festivalini keng yoritish maqsadida turli saytlar orqali 160 dan ortiq ilmiy, maʼnaviy maʼrifiy maqolalar, tayyorgarlik jarayonlari aks etgan informatsiya va axborotlar chop etildi, 50 dan ortiq telekoʻrsatuvlar namoyish qilindi. Yana bir qiziq maʼlumot,Telegram analytics dunyo telegram kanallaridagi monitoring dasturiga asosan soʻngi 24 soat mobaynida turli tillarda “Xalqaro hunarmandchilik festivali” iborasi ishlatilgan maqola va postlar dunyo boʻyicha 176,5 ming internet kanallarida 1,4 milliondan ortiq eʼlon qilingan.

Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?