Xalq ta’limi yangi vaziri aholidan ta’lim tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar so‘radi

09:33 22 Iyun 2018 Jamiyat
1353 1
Foto: XPK

Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida fuqarolarga murojaat qilib, O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikka taklif qildi.

«Prezidentimiz tomonidan Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz», — deb yozgan yangi vazir.

Takliflarni yuborish uchun maxsus forma ilova qilingan. Unda takliflarni anonim ravishda ham yuborish imkoniyati ham yaratilgani qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?