Xalq taʼlimi vazirligi maktab formasi boʻyicha axborot berdi

12:04 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
214 0

Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 666-sonli qaroriga kiritilgan oʻzgarishlar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

2018-yil 19-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina oʻzgartirish kiritilgan.

Mazkur qarorga koʻra, yagona maktab formasi 2019-2020 oʻquv yilidan emas, balki 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.

509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi” hozirgi kunda ham amalda. Shu bois oʻquvchilardan mazkur nizom talablariga rioya etishlari soʻraladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?