Xalq ta’limi vazirligi ilk bor bo‘sh turgan XTB mudiri va maktab direktorligi uchun tanlov e’lon qildi

11:56 16 Avgust 2018 Jamiyat
760 0
Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ilk bor maktab direktori va Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda e’lon vazirlik saytiga joylashtirildi.

Joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda umumta’lim maktablari direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlangan edi. Maktab direktori vazifasiga boshqaruvchilik (menejerlik) qobiliyatiga ega kadrlarni tayinlash, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining mas’uliyatini oshirish lozim.

Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar 50-sonli umumta’lim maktabi direktori va Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qildi. Tanlovning ushbu usuli kadrlar tanlashda shaffoflikni ta’minlash va kadrlar tizimini tubdan isloh qilish maqsadida qo‘llanilmoqda. Talablarga mos qiziqish bildirgan barcha shaxslar e’londa ko‘rsatilgan tartibda o‘zlari haqidagi ma’lumotlarini yuborib, tanlovda ishtirok etishi va munosib nomzod bo‘lishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019