Xalq taʼlimi vazirligi AQSH taʼlim vazirligi bilan hamkorlik qiladi

10:33 03 Oktyabr 2018 Jamiyat
820 0
Foto: Facebook / Rustam Karimjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasining AQSHga tashrifi doirasida 2018 yil 3 oktyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va AQSH Taʼlim vaziri (US Secretary of Education) Betsi Devos oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik vakili oʻzining Facebookʻdagi sahifasida maʼlum qildi.

Фото: Facebook / Рустам Каримжонов

Tomonlar xalq taʼlimi yoʻnalishida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Xabarda taʼkidlanishicha, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tarixida birinchi marotaba taʼlim vazirlari oʻzaro uchrashdi.

Фото: Facebook / Рустам Каримжонов

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?