Xalq taʼlimi vaziri savollaringizga javob beradi

18:14 04 Fevral 2019 Jamiyat
186 0

Arxiv foto

Har qanday mamlakat kelajagi bevosita taʼlim tizimi bilan chambarchas bogʻliqdir. Shundan kelib chiqqan holda, bugun yurtimizda maorif sohasini rivojlantirish, uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Biroq yechimi topilmagan muammolar, qilinishi kerak boʻlgan ishlar hali koʻp.

Agar sizda taʼlim tizimidagi biror muammo xususida xabar, javobini izlayotgan savolingiz yoki maʼrifat sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflaringiz boʻlsa, “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalimizda ochilgan maxsus botga, post ostidagi kommentariyga yoki elektron manzilimiz info@xs.uz pochtasiga yoʻllang.

“Xalq bilan yuzma-yuz” ruknining bu galgi mehmoni, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov savollaringizga javob beradi, muammoli vaziyatga yechim izlashda koʻmaklashadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?