Xalq taʼlimi mutasaddilarining Xitoyga tashrifidan qanday maqsadlar koʻzlangan?

12:04 18 Dekabr 2019 Jamiyat
210 0

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamda nodavlat umumtaʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi chin yurtining STEAM — ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika yoʻnalishlari taʼlim tizimiga muvaffaqiyatli tatbiq etish tajribasini oʻrganmoqda.

Delegatsiya vakillari Guanchjou shahrida “CreateView” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Tadbirda“CreateView” kompaniyasi menejerlari Charlz Xe hamda Rey Li VR texnologiyasi asosida ishlovchi sinfxona, smartdoska hamda RFID asosida ishlovchi aqlli kutubxona kabi innovatsion mahsulotlarini taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida kelgusida yoʻlga qoʻyiladigan hamkorlik har ikkala tomon uchun ham samarali boʻlishi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?