“Xalq soʻzi” muxbiri Pekindagi SHHT brifingidan xabar qiladi

12:19 23 Oktyabr 2019 Siyosat
183 0

Foto: "Xalq so'zi"

Omonulla Fayziyev, Pekindan onlayn. Ayni paytda Pekinda joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyatida joriy yilning 1-2-noyabr kunlari Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi yigʻilishi yuzasidan brifing boʻlib oʻtmoqda.

Unda SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov ushbu muhim tadbir oldidan xorijlik ommaviy axborot vositalari vakillariga axborot bermoqda.

- Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishi tashkilotimiz uchun SHHT Sammitidan keyingi eng muhim tadbirdir, dedi Vladimir Norov. - Oʻzbekistonlik hamkasblar taklifi bilan tomonlar uning navbatdagi 18-yigʻilishini 2019-yil 1-2-noyabr kunlari Toshkentda oʻtkazishga kelishib olishdi.

Oʻzbekiston poytaxtida SHHTning barcha mamlakatlari bosh vazirlari kelishi kutilyapti. Tadbirga, shuningdek, Tashkilotning kuzatuvchi davlatlari — Afgʻoniston, Belarus, Moʻgʻiliston va Eron hukumatlari rahbarlari, qolaversa, qator hamkor xalqaro tashkilotlar, SHHTning Banklararo birlashmasi va Ishbilarmonlik kengashi rahbarlari taklif etilgan.

SHHT Kotibiyatining faol koʻmagi va muvofiqlashtirishi ostida Tashkilot davlatlari milliy koordinatorlari Kengashi yoʻnalishida kompleks hamda aniq maqsadga qaratilgan tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?